Orol dengizi ekspeditsiyasi
Tur haqida umumiy ma'lumot
Dunyoning chekkasiga sayohat: Orol dengizi ekspeditsiyasi
«Insoniyat tarixidagi eng katta ekologik fojia va tabiatning haybatli go‘zalligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. Biz sizni Ustyurt kengliklari orqali Orolning cheksiz qirg‘oqlariga olib boramiz. Yulduzlar ostidagi o‘tovda tunash, ‘Kemalar qabristoni’ning sirli manzaralari va sahrodagi tushlik — bu shunchaki sayohat emas, balki hayotingiz davomida eslab qoladigan unutilmas sarguzashtdir.»
Tur marshruti
1-kun: Nukus — Mo‘ynoq — Orol dengizi
Ertalab: Nukusdan yo‘ltanlamas mashinalarda yo‘lga chiqish. Tushlik: Mo‘ynoqda, "Kemalar qabristoni"ni ko'rish va mahalliy oilaviy mehmon uyida tushlik. Kechga yaqin: Ustyurt platosi (kliflari) bo‘ylab yurib, Orol dengizi qirg‘og‘iga yetib borish. Tunash: Dengiz bo‘yidagi o‘tov lagerida kechki ovqat va yulduzli osmon ostida dam olish.
2-kun: Orol dengizi — Qoraqalpog‘iston kengliklari — Nukus
Tong: Dengiz qirg‘og‘ida quyosh chiqishini kutib olish (foto-sessiya uchun eng zo‘r vaqt). Kunduzi: Qadimiy qabristonlar yoki suvi qurigan dengiz tubi bo‘ylab yurish. Kechqurun: Nukusga qaytish va aeroport yoki mehmonxonaga kuzatib qo‘yish.
Nimalar kiritilgan
- Transport: Nukusdan Orolgacha Mers Mikroavtobus
- Turar joy: Orol bo'yidagi an'anaviy o'tov (yurta) lagerida 1 kecha tunash.
- Ovqatlanish: To'liq pansion (yo'ldagi piknik, o'tovda nonushta va kechki ovqat).
- Ichimliklar: Safar davomida cheklanmagan miqdorda toza ichimlik suvi.
- Gid xizmati: Arxeologiya va ekologiya bo'yicha professional hamroh.
- Chiptalar: Mo'ynoq muzeyi va "Kemalar qabristoni"ga kirish to'lovlari.
Nimalar kiritilmagan
- Aviachipta: Nukus shahriga borish va qaytish aviachiptalari.
- Mehmonxona: Nukus shahrida qo'shimcha qolish xarajatlari
- Shaxsiy xarajatlar: Alkogol ichimliklar va qo'shimcha buyurtmalar.
- Sug'urta: Sayyohning shaxsiy tibbiy sug'urtasi.